Bugun
8
O'zbek

Elit OCHLda "Paxtakor" bosh murabbiyi Emilian Karas bo'ladi

Futbol
10 avgust, 03:30
Zarur litsenziyaga ega bo'lgan mutaxassis barcha rasmiy tadbirlarda ishtirok etadi.
Elit OCHLda "Paxtakor" bosh murabbiyi Emilian Karas bo'ladi
Foto: FC Pakhtakor

Elit Osiyo Chempionlar Ligasida Emilian Karas "Paxtakor" bosh murabbiyi sifatida ishlaydi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.

"OFK klublar musobaqalari uchun talablari sababli Elit Osiyo Chempionlar Ligasida zarur litsenziyaga ega bo'lgan Emilian Karas bosh murabbiy sifatida rasmiy tadbirlarda ishtirok etadi.

U o'yin qaydnomasi, matbuot anjumanlari va boshqa rasmiy tadbirlarda "Paxtakor" bosh murabbiyi sifatida qatnashadi", — deyiladi xabarda.

Avvalroq "Paxtakor"ning "Al Husayn"ga qarshi bahsini janubiy koreyalik hakamlar boshqarishi ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
Bugungi yangiliklar