"Real" bosh murabbiyi Joze Mourinyo 2013 yilda nima sababdan "Manchester Yunayted"da ishlash fikridan qaytib, uning o'rniga yana "Chelsi"ni tanlagani haqida gapirdi.
"Real"dan ketganimdan so'ng ser Aleksning "Manchester Yunayted"dagi o'rniga uning vorisi boʻlish boʻyicha kelishuvga erishgandim. Bu taklifdan juda mamnun boʻlgandim, chunki "Manchester Yunayted" juda qiziq variant edi.
Lekin futbolga boʻlgan muhabbat boshqa, muayyan klubga boʻlgan muhabbat esa mutlaqo boshqa narsa. Menimcha, bu futbolga boʻlgan muhabbatdan ham kuchliroq. "Real"dan keyin esa yana meni sevişlarini istagandim.
Ser Aleks Fergyusonning vorisi boʻlishdan voz kechish qarori men uchun juda qiyin boʻldi. Biroq bundan afsuslanmayman, chunki qalbimga quloq solib qaror qabul qilganman", — deya Mourinyoning so'zlarini keltiradi BBC.
Avvalroq Joze "Real"da yangi qoidalar joriy qilgani haqida xabar berilgandi.