Bugun
8
O'zbek

De Yong Rodri kelgach asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotishi mumkin deb hisoblamoqda

Futbol
10 avgust, 05:00
Frenki kataloniyaliklar Rodrini o'z safiga qo'shib olish istagida ekanini bilib, hayron qolgan.
De Yong Rodri kelgach asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotishi mumkin deb hisoblamoqda
Foto: Getty Images

«Barselona»ning niderlandiyalik yarimhimoyachisi Frenki de Yong «Manchester Siti» futbolchisi Rodri Ernandesni xarid qilish qarorini tushunmadi. Bu haqda The Touchline xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, de Yong «Barselona» ispaniyalik tayanch yarimhimoyachisini o'z safiga qo'shib olish istagida ekanini bilib, hayron qolgan. Frenki Rodri kelgan taqdirda asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotishi mumkin deb hisoblamoqda.

Ayni paytda de Yong jarohatidan tiklanishda davom etmoqda. 29 yoshli yarimhimoyachi o'tgan mavsum barcha turnirlarda 38 ta o'yinda ishtirok etib, 1 gol urdi va 8 assist amalga oshirdi.

Avvalroq de Yong «Barselona»dan ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga javob bergandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar