Live
3
O'zbek

Frenki de Yong «Barselona»dan ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga javob berdi

Futbol
21 may, 07:56
Niderlandiyalik yarimhimoyachi yozda klubni tark etmasligini aytdi.
Frenki de Yong «Barselona»dan ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga javob berdi
Foto: Getty Images

«Barselona» yarimhimoyachisi Frenki de Yong yozgi transfer oynasida boshqa klubga o‘tishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi.

«Men bu yozda «Barsa»dan ketmayman. Xayolimga ham bunday fikr kelmagan», — deya futbolchining so‘zlarini keltirdi The Touchline ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Niderlandiyalik futbolchi 2019-yildan buyon kataloniya klubi safida to‘p tepib kelmoqda. U 2025/26-yilgi mavsumda klub miqyosida 37 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol va 8 ta assist qayd etdi.

Ma’lumot uchun, Frenki de Yongning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning iyun oyigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchini 45 million yevroga baholagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar