Live
4
O'zbek

«Kamp Nou» rekonstruksiyasi vaqtida ishchi halok bo‘ldi

Futbol
25 iyul, 13:41
«Barselona» marhumning oila a’zolariga hamdardlik bildirib, zarur yordam ko‘rsatishini ma’lum qildi.
«Kamp Nou» rekonstruksiyasi vaqtida ishchi halok bo‘ldi
Foto: Getty Images

«Barselona»ning «Kamp Nou» stadionini rekonstruksiya qilish ishlari vaqtida 54 yoshli ishchi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi.

Cadena SER xabariga ko‘ra, hodisa juma kuni qurilish ishlari davomida sodir bo‘lgan. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, ishchi bo‘yoq ishlari bilan shug‘ullanayotgan paytda ko‘taruvchi platformada turib qurilish to‘siniga urilgan.

«Barselona» hodisa yuzasidan rasmiy bayonot berib, shunday dedi: «Klub «Kamp Nou» rekonstruksiyasi vaqtida ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘lgan ishchining vafoti munosabati bilan chuqur qayg‘uda».

Klub prezidenti Joan Laporta marhumning oila a’zolariga shaxsan hamdardlik bildirib, «Barselona» ularga zarur yordam ko‘rsatishini ta’kidladi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, hodisa yuzasidan Kataloniya politsiyasi hamda mintaqaviy biznes va mehnat departamenti tergov olib bormoqda.

Ma’lumot uchun, bu 2023 yilda boshlangan «Kamp Nou» rekonstruksiyasi davomida qayd etilgan ilk o‘lim bilan yakunlangan baxtsiz hodisa hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

30+ izoh +4 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar