Bugun
48
O'zbek

O'rtoqlik o'yini. "Barsa" "Evropa"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Futbol
24 iyul, 22:30
Kataloniyaliklar ham yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.
O'rtoqlik o'yini. "Barsa" "Evropa"ni yirik hisobda mag'lub etdi
Foto: FC Barcelona

"Barselona" yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.

Kecha, 24 iyul kuni Hans-Diter Flik shogirdlari yozgi yig'in doirasidagi ilk o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. "Ko'k-anorranglilar"ning raqibi Barselona shahrida joylashgan "Evropa" klubi bo'ldi. Ushbu jamoa Ispaniya futbolining 3-divizionida ishtirok etadi.

"Barselona" va "Evropa" o'rtasidagi uchrashuv yopiq tartibda o'tkazildi. Flik shogirdlari 4:1 hisobida yirik g'alabaga erishdi.

Ma'lumot o'rnida, kataloniyaliklar yangi mavsumdagi ilk rasmiy o'yinini 23 avgust kuni "Elche"ga qarshi o'tkazadi. Avvalroq "Real" o'rtoqlik bahsida "Alkorkon"ni minimal hisobda mag'lub etgani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar