Yurgen Klopp Germaniya milliy milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Germaniya futbol ittifoqi (DFB) matbuot anjumanida 59 yoshli mutaxassis milliy jamoa bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanganini e'lon qildi. Klopp bu lavozimda Yulian Nagelsmannning o'rnini egalladi.
DFB prezidenti Bernd Noyendorfning ma'lum qilishicha, Klopp bilan tuzilgan shartnoma 2030 yildagi jahon chempionati yakuniga qadar amal qiladi.
Yurgenning so'nggi ish joyi «Liverpul» klubi bo'lib, u jamoani 2015–2024 yillar oralig'ida boshqargan. Undan avval esa «Borussiya» Dortmund va «Maynts» klublarida faoliyat yuritgan.
Rasman: Yurgen Klopp — Germaniya bosh murabbiyi
Futbol
24 iyul, 05:10
59 yoshli mutaxassis nemislar milliy jamoasining ustozi sifatida e'lon qilindi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi