"Aston Villa"ning sobiq hujumchisi Gabriel Agbonlahor mavsum yakunlariga ko‘ra "PSJ" vingeri Xvicha Kvaratsxeliya "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishga loyiq, deb hisoblaydi.
O‘tgan mavsumda gruziyalik futbolchi barcha musobaqalarda 48 ta o‘yinda 19 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
— Bilasizmi, men "Oltin to‘p"ni kimga bergan bo‘lardim? Xvicha Kvaratsxeliyaga.
— U jahon chempionatida o‘ynamagan.
— Xuddi shunday, ammo masalaning mohiyati ham shunda: u Jahon chempionatida qatnashmagani uchungina sovrinni ololmaydimi?
O‘ylab ko‘rsak, Kvaratsxeliya "PSJ"dagi butun mavsum davomida tomosha qilish eng zavqli bo‘lgan va eng yaxshi o‘ynagan futbolchi bo‘ldi.
U — ajoyib futbolchi. Lamin Yamaldan ham, Harri Keyndan ham yaxshiroq. Har kimdan ham yaxshiroq.
— Agar sizda ovoz berish huquqi bo‘lganida, kimga ovoz bergan bo‘lardingiz?
— Kvaratsxeliyaga. Uni tanlagan bo‘lardim. U — o‘yinini tomosha qilish menga zavq beradigan futbolchi, — dedi Agbonlahor talkSPORT bilan suhbatda.
