Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
«Atletiko Madrid» klubi futbolkalari savdosi koreyalik yarimhimoyachi Li Kan Inning «PSJ»dan transferi haqidagi mish-mishlar fonida keskin oshdi.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, barcha hujjatlarning to‘liq tayyor bo‘lmaganigina transfer haqidagi rasmiy e’lonni kechiktirmoqda.
Manbaga ko‘ra, Li Kan In bir haftadan ko‘proq vaqt oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Uning «Atletiko» bilan shartnomasi shartlari, jumladan, futbolchi yuzidan foydalanish huquqlarining mayda tafsilotlarigacha yakuniy tarzda kelishib olingan.
Ma’lum qilinishicha, «Atletiko» klub atributlari savdosi allaqachon Janubiy Koreyada ham, Madridda ham keskin oshgan, bu yerda klub do‘konlariga doimiy ravishda mijozlar kelib, jamoaning yangi futbolchisi qaysi raqam ostida to‘p tepishi haqida so‘rashmoqda.