Yaponiya futbol assotsiatsiyasi (JFA) Hajime Moriyasuni milliy jamoa bosh murabbiyi lavozimida qoldirishga qaror qildi. Bu haqda assotsiatsiyaning rasmiy saytida ma'lum qilindi.
JFA ma'lumotiga ko'ra, Moriyasu 2027 yil yanvar–fevral oylarida bo'lib o'tadigan Osiyo kubogi yakuniga qadar jamoani boshqaradi. Shundan so'ng bosh murabbiylik lavozimini hozirda Yaponiyaning 21 yoshgacha bo'lgan jamoasini boshqarayotgan Go Oiva egallaydi. U bir vaqtning o'zida ikki lavozimda ishlaydi.
Yaponiya so'nggi Jahon chempionatida F guruhida ishtirok etib, 5 ochko bilan ikkinchi o'rinni egalladi. 1/16 finalda esa jamoa Braziliyaga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
Rasman: Moriyasu Osiyo kubogidan so'ng Yaponiya bosh murabbiyligini tark etadi
Futbol
24 iyul, 01:40
Uning o'rnini kim egallashi ma'lum.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi