Bugun
1
O'zbek

Laporta: "Alvaresning "Barsa"ga o'tmasligi haqida ko'p gapirishdi, ammo u keladi"

Futbol
19 iyul, 11:35
"Barselona" prezidentining fikricha, katta klublar ketishni istagan futbolchini majburan ushlab turmasligi kerak.
Laporta: "Alvaresning "Barsa"ga o'tmasligi haqida ko'p gapirishdi, ammo u keladi"
Foto: Getty Images

"Barselona" prezidenti Joan Laporta kataloniyaliklar "Atletiko"ga hujumchi Xulian Alvares transferi bo'yicha rasmiy taklif yuborganini tasdiqladi.

Bundan avval madridliklar bosh direktori Miguel Anxel Xil Marin klub argentinalik futbolchini na 100 million, na 200 million yevroga sotishga rozi bo'lmasligini aytgandi.

"Biz taklif berdik. Bu — murabbiyimiz tarkibda ko'rishni istayotgan futbolchi. Shuning uchun ham "Atletiko"ga rasmiy taklif yo'lladik. Bizningcha, bu juda jiddiy va juda yaxshi taklif.

Har kimning fikrini hurmat qilaman. Miguel Anxelning ham, boshqalarning ham fikrini hurmat qilaman. Ilgari ham ko'p bor "bu futbolchi hech qachon "Barselona"ga o'tmaydi" deyishgan, ammo oxir-oqibat u keladi.

Agar futbolchi ketishni xohlasa, "Barselona"ning pozitsiyasi shunday: unga to'sqinlik qilmaymiz. Katta klub norozilik bildirgan futbolchilarni majburan ushlab turishi mumkin emas.

Masala faqat berilgan taklifda emas. Ammo yaxshi taklif tushsa, undan unumli foydalanish kerak"
, — deya Laportaning so'zlarini keltiradi Marca.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar