Live
1
O'zbek

«Arsenal» Gokeresh uchun «Barselona»ga narx belgiladi

Futbol
18 iyul, 13:48
Kataloniyaliklar shvetsiyalik hujumchini yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
«Arsenal» Gokeresh uchun «Barselona»ga narx belgiladi
Foto: Getty Images

«Arsenal» hujumchisi Viktor Gokeresh faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda ElNacional.cat xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, shvetsiyalik forvard xizmatlariga «Barselona» qiziqish bildirmoqda. Kataloniya klubi transfer oynasi yopilishidan oldin futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgan.

Xabarda aytilishicha, «Arsenal» Gokereshni sotishga tayyor va uning transferi uchun 60 million yevro talab qilmoqda.

Gokeresh 2025 yilda 67 million yevro evaziga «Sporting»dan «Arsenal»ga ko‘chib o‘tgan. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi.

2025/26 yilgi mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 55 ta bahsda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 3 ta assist muallifiga aylandi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 65 million yevro deb baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, hozircha «Arsenal» va «Barselona» ushbu transfer yuzasidan rasmiy bayonot bermagan. Shu sababli bu ma'lumot mish-mish sifatida baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar