Bugun
24
O'zbek

Joao Pedro "Barselona"ga o'tmaydi – Romano

Futbol
18 iyul, 11:39
Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2033 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.
Joao Pedro "Barselona"ga o'tmaydi – Romano
Фото: Getty Images

"Chelsi" hujumchisi Joao Pedro yozgi transferlar oynasida "Barselona" safiga qo'shilmaydi. Bu haqida insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, braziliyalik 23 yoshli hujumchi Kataloniya klubining transfer rejalarga kirmaydi. Hattoki "Barselona" "Atletiko" forvardi Xulian Alvaresni o'z safiga qo'shib ola olmagan taqdirda ham, Joao Pedro variant sifatida ko'rib chiqilmaydi.

Shuningdek, "Chelsi" ham o'z hujumchisini ushbu yozda sotish niyatida emas. Shu bois, bunday transferning amalga oshishi deyarli imkonsiz deb baholanmoqda.

Forvard 2025 yilda "Brayton"dan "Chelsi"ga 63 million yevro evaziga ko'chib o'tgan. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2033 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.

O'tgan mavsumda "ko'klar" safida barcha turnirlar doirasida 53 ta bahsda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar