"Mash'al" klubi yarimhimoyachi Komiljon Tojiddinov bilan shartnoma imzolaganini mamnuniyat bilan e'lon qiladi.
27 yoshli futbolchi mavsumning birinchi qismini Proliga ishtirokchisi "Metallurg"da o'tkazgandi. Tojiddinov faoliyati davomida "Navbahor" va Nepal jamoalarida to'p tepgan.
"Komil Tojiddinov o'zining mehnatsevarligi, maydon markazidagi ishonchli harakatlari va jamoaviy o'yini bilan ajralib turadi. Uning tajribasi "Mash'al"ning mavsum davomidagi maqsadlariga erishishida muhim omillardan biri bo'lishiga ishonamiz", — deyiladi klub xabarida.