Bugun
24
O'zbek

Doniyor Narzullaev – "Mash'al" futbolchisi

Futbol
18 iyul, 11:31
31 yoshli futbolchi birinchi davrani "Metallurg" klubida o'tkazgandi.
Doniyor Narzullaev – "Mash'al" futbolchisi
Фото: Машъал ПФК

Muborakning "Mash'al" klubi tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda.

Klub matbuot xizmati xabar berishicha, "gazchilar" qanot hujumchisi Doniyor Narzullaev bilan shartnoma imzoladi. 31 yoshli futbolchi birinchi davrani "Metallurg" klubida o'tkazgandi.

Ma'lumot uchun, Doniyor Narzullaev faoliyati davomida O'zbekistonning qator jamoalari sharafini himoya qilgan bo'lib, Superliga va Proligada katta tajriba to'plagan.

"Mash'al" hozirda Superliga turnir jadvalida 3 ochko bilan so'nggi 16-o'rinni egallab turibdi. Muborakliklar 17 iyul kuni mavsumdagi ilk g'alabasiga erishdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Mashal Mashal
Bugungi yangiliklar