Live
2
O'zbek

Skaloni: «Yamal allaqachon futbolning merosiga aylangan»

Futbol
18 iyul, 12:37
Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi ispaniyalik vunderkindga yuksak baho berdi.
Skaloni: «Yamal allaqachon futbolning merosiga aylangan»
Foto: Getty Images
19.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya - : - Argentina Argentina

Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal haqida iliq fikr bildirdi.

«Shuni aytishim kerakki, Lamin allaqachon futbolning merosiga aylangan. U ajoyib o‘ynaydi. Kelajakda Ispaniyaga juda ko‘p quvonch ulashadi. Faqat bu yakshanba kuni emas, deb umid qilaman», — dedi Skaloni.

Argentina va Ispaniya o‘rtasidagi JCh–2026 finali 19 iyul kuni AQShning «MetLife» stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahsda amaldagi jahon chempioni Argentina ketma-ket ikkinchi bor chempionlikni qo‘lga kiritishga urinadi, Ispaniya esa o‘z tarixidagi ikkinchi jahon chempionligini nishonga oladi.

Eslatib o‘tamiz, 18 yoshli Lamin Yamal JCh–2026 davomida Ispaniya milliy jamoasining asosiy yetakchilaridan biriga aylandi va jamoasining finalgacha yetib kelishida muhim rol o‘ynadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

30+ izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar