Live
2
O'zbek

Pike: «Yamal jahon chempioniga aylanishiga umid qilamiz»

Futbol
18 iyul, 13:05
Ispaniya futboli afsonasi yosh vingerning iste'dodiga yuqori baho berdi.
Pike: «Yamal jahon chempioniga aylanishiga umid qilamiz»
Foto: Getty Images
19.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya - : - Argentina Argentina

«Barselona» va Ispaniya milliy jamoasining sobiq himoyachisi Jerar Pike JCh-2026 finali oldidan Lamin Yamal haqida iliq fikr bildirdi.

«19 yoshli yigit uchun bunday katta bosimni yengish qiyin bo‘lishi mumkin. Ammo menimcha, Lamin bunda hech qanday muammo sezmayapti. Aksincha, u bundan zavqlanayotgandek. Men uni o‘ziga xos va noyob iste'dod egasi deb hisoblayman. Keling, yakshanba kuni u jahon chempioniga aylanishiga umid qilaylik», — dedi Pike ESPN nashriga.

JCh-2026 davomida «Barselona» vingeri 7 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol muallifiga aylandi. Yamal Ispaniya milliy jamoasining finalgacha yetib kelishida muhim rol o‘ynadi.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 finalida Ispaniya va Argentina milliy jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Hal qiluvchi bahs 19 iyul kuni AQShning «MetLife» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar