Live
1
O'zbek

Messi JCh-2026 finali oldidan post qoldirdi: «So‘nggi tango»

Futbol
18 iyul, 13:56
Argentina sardori hal qiluvchi bahs arafasida muxlislarga murojaat qildi.
Messi JCh-2026 finali oldidan post qoldirdi: «So‘nggi tango»
Foto: Getty Images
19.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya - : - Argentina Argentina

Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messi JCh-2026 finali oldidan ijtimoiy tarmoqlarda yangi post e'lon qildi.

Messi Argentina bayrog‘i bilan tushgan suratini, shuningdek, Adidas kompaniyasi tomonidan tayyorlangan «So‘nggi tango» (The Last Tango) nomli butsalarini namoyish etdi.

«Adidas bilan "So‘nggi tango" yo‘lini birgalikda bosib o‘tayotganimiz naqadar hayajonli. Oldinga, final sari, Argentina!» — deb yozdi Messi.

JCh-2026 finalida Argentina va Ispaniya milliy jamoalari 19 iyul kuni o‘zaro bahs olib boradi. Hal qiluvchi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Argentina amaldagi jahon chempioni hisoblanadi va finalda o‘z chempionlik unvonini himoya qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar