Live
2
O'zbek

Angliya JChda ilk bor 2002 yildan beri uch nafar «Arsenal» futbolchisi bilan asosiy tarkibda maydonga tushdi

Futbol
18 iyul, 17:40
«Uch sherlar» Fransiyaga qarshi bahsni tarixiy natija bilan boshladi.
Angliya JChda ilk bor 2002 yildan beri uch nafar «Arsenal» futbolchisi bilan asosiy tarkibda maydonga tushdi
Foto: Getty Images
18.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya 4 : 6 Angliya Angliya

Angliya milliy jamoasi JCh-2026 uchinchi o‘rin uchun Fransiyaga qarshi bahsni asosiy tarkibda uch nafar «Arsenal» futbolchisi bilan boshladi. Bu haqda Opta statistik portali xabar berdi.

Unga ko‘ra, Deklan Rays, Bukayo Saka va Eberechi Eze uchrashuvni ilk daqiqalardan boshladi. Shu tariqa Angliya 2002 yilgi jahon chempionatidan buyon ilk bor mundial bahsini asosiy tarkibda uch nafar «Arsenal» vakili bilan boshladi.

Bundan avval bunday holat 2002 yilgi mundial chorakfinalida Braziliyaga qarshi uchrashuvda kuzatilgan edi. O‘shanda Angliya safida Devid Simen, Sol Kempbell va Eshli Koul asosiy tarkibdan joy olgan.

Fransiya va Angliya o‘rtasidagi JCh-2026 uchinchi o‘rin uchun bahs Mayamidagi «Hard Rock» stadionida bo‘lib o‘tmoqda. Har ikki jamoa yarimfinalda mag‘lub bo‘lgandi: Angliya Argentinaga (1:2), Fransiya esa Ispaniyaga (0:2) imkoniyatni boy bergan.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuvning 3-daqiqasidayoq Deklan Rays gol urib, Angliyani hisobda oldinga olib chiqdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar