Live
1
O'zbek

Saka Angliya tarixida mundial pley-offida het-trik qayd etgan ikkinchi futbolchiga aylandi

Futbol
18 iyul, 19:18
Vinger 60 yildan so‘ng takrorlangan tarixiy natijaga mualliflik qildi.
Saka Angliya tarixida mundial pley-offida het-trik qayd etgan ikkinchi futbolchiga aylandi
Foto: Getty Images
18.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya 4 : 6 Angliya Angliya

Angliya milliy jamoasi hujumchisi Bukayo Saka JCh-2026 uchinchi o‘rin uchun Fransiyaga qarshi bahsda het-trik qayd etib, jamoasining 6:4 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

Shu tariqa, Saka Angliya milliy jamoasi tarixida jahon chempionati pley-off bosqichida xet-trik urgan atigi ikkinchi futbolchi bo‘ldi.

Bu natijaga undan avval faqat afsonaviy Jyeff Xerst erishgan edi. U 1966 yilgi jahon chempionati finalida Germaniya Federativ Respublikasiga qarshi bahsda uchta gol urgan va Angliyaga tarixdagi yagona jahon chempionligini taqdim etgan. O‘sha uchrashuvdagi eng bahsli epizodlardan biri — darvoza chizig‘ini kesib o‘tgan-o‘tmagani hanuz muhokama qilinadigan mashhur «fantom gol» ham aynan Xerst hisobiga yozilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya JCh-2026 uchinchi o‘rin uchun bahsda Fransiyani 6:4 hisobida mag‘lub etib, 1966 yildan buyon ilk bor jahon chempionatini medallar bilan yakunladi. Bukayo Saka esa bronza bahsida het-trik qayd etib, ushbu tarixiy muvaffaqiyatning bosh qahramonlaridan biriga aylandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar