Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham 2026 yildagi jahon chempionati doirasida 3-o‘rin uchun kechgan Angliyaga qarshi o‘yin (4:6)dan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Biz mag‘lub bo‘ldik, ammo birinchi bo‘limdagi juda omadsiz o‘yindan keyin 0:4 hisobida ortda borayotgandik. Shundan keyin yaxshi javob qaytardik va o‘zimiz biladigan futbolni namoyish etdik.
Hisobni tenglashtirish uchun 2 ta yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldik, ammo haddan tashqari oldinga tashlandik. Biz buni qanday qilishni bilamiz, ammo bu safar o‘xshamadi. Buning uchun ayb menda, chunki birinchi bo‘limda qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni qilmadim.
Mag‘lubiyat har doim yoqimsiz, ammo shunga qaramay, nimagadir erishgandek his qilyapman. Albatta, turnirni 3-o‘rin bilan yakunlaganimizda yaxshi bo‘lardi. Biz katta maqsadlar bilan kelgandik va ko‘p yaxshi ishlarga ham erishdik.
Ispaniyaga qarshi o‘yinda esa o‘z futbolimizni ko‘rsata olmadik, raqib esa bizga qarshi juda yaxshi o‘ynadi.
Hammmasi ham yomon emas. Bizda salohiyatli jamoa bor va natijaga erishish uchun kerakli barcha imkoniyatlar mavjud edi. Shaxsan men uchun bu ajoyib sayohat bo‘ldi. Ajoyib sakkiz hafta.
Natija nuqtai nazaridan, albatta, xafsalamiz pir bo‘ldi. Biz millionlab fransiyalik muxlislarga quvonch bag‘ishlash imkoniyatiga ega edik», — dedi Desham.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi