Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messi 2026 yilgi jahon chempionati finali oldidan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali jamoadoshlari va muxlislariga murojaat qildi.
«Bu yillar davomida eng goʻzal narsa faqat qoʻlga kiritilgan sovrinlar emas, balki biz birgalikda bosib oʻtgan yoʻl boʻldi.
Har bir kunni shu jamoa bilan oʻtkazish, birgalikda kurashish, ogʻir damlardan keyin yana oyoqqa turish va har bir qadamdan zavq olish — bularning barchasi betakror.
Har bir jamoadoshimga, murabbiylar shtabiga va milliy jamoamiz katta bir oila boʻlib qolishi uchun har kuni bor kuchini berayotgan barcha insonlarga minnatdorchilik bildiraman.
Qanday natija boʻlishidan qat'i nazar, bu jamoa allaqachon hech kim oʻchira olmaydigan va hech qachon unutib boʻlmaydigan tarix yozdi. Olgʻa, Argentina!» — deya yozib qoldirdi Messi.
Ma'lumot oʻrnida, Ispaniya — Argentina oʻyini 19 iyuldan 20 iyulga oʻtar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi. Avvalroq Lionel Yamalni 6 oyligida choʻmiltirayotgan surati haqida gapirib oʻtgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi