«Milan» vingeri Kristian Pulishich faoliyatini AQShda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Goal nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, «Nyu-York Siti» amerikalik 27 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. Klub hozirda Pulishichning transferini amalga oshirish imkoniyati hozirda o'rganilmoqda.
Shu bilan birga, futbolchining bozor qiymati Transfermarkt talqiniga ko'ra 40 million yevroga baholangan. Uning «Milan» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning o'rtasiga qadar amal qiladi.
Ma'lumot uchun, Pulishich 2023 yildan buyon «rossoneri» sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqt ichida u milanliklar safida 134 ta uchrashuvda maydonga tushib, 42 ta gol urdi va 27 ta golli uzatmani amalga oshirdi.