Bugun
1
O'zbek

Ferran Torres — JCh finalining eng yaxshi futbolchisi

Futbol
19 iyul, 18:33
Hujumchi zaxiradan maydonga tushib, Jahon chempionati finalida g‘alaba golini urgan tarixdagi ikkinchi futbolchi.
Ferran Torres — JCh finalining eng yaxshi futbolchisi
Foto: Getty Images
19.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya 1 : 0 Argentina Argentina

JCh-2026 finalida Argentina darvozasini 106-daqiqada ishg‘ol etgan Ferran Torres yana bir tarixiy natijaga erishdi.

«Barselona» va Ispaniya milliy jamoasi hujumchisi zaxiradan maydonga tushib, Jahon chempionati finalida g‘alaba golini urgan tarixdagi ikkinchi futbolchi bo‘ldi.

Bu natijani undan avval faqat germaniyalik Mario Gyotse qayd etgandi. U 2014 yilgi Jahon chempionati finalida ham aynan Argentinaga qarshi bahsning 113-daqiqasida gol urib, Germaniyaga 1:0 hisobidagi g‘alabani va chempionlikni olib bergan edi.

JCh-2026 finalida esa Ferran Torresning qo‘shimcha bo‘limlardagi goli Ispaniyaga o‘z tarixidagi ikkinchi jahon chempionligini taqdim etdi.

Qayd etish joiz, Ferran Torres finaldagi hal qiluvchi goli va yorqin o‘yini uchun bahsning eng yaxshi futbolchisi (Man of the Match) deb topildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

45+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar