Bugun
30
O'zbek

Inzagi "Al Hilol"ga Bastonini olib kelishi mumkin

Futbol
20 iyul, 14:58
Ular ilgari "Inter"da birga ishlagan.
Inzagi "Al Hilol"ga Bastonini olib kelishi mumkin
Фото: Getty Images

"Inter" himoyachisi Alessandro Bastoni yozgi transferlar oynasida jamoasini tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marzio o'zining rasmiy saytida xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi italialik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Klub bosh murabbiyi Simone Inzagi Bastonini o'z jamoasida ko'rishni istamoqda.

Hozircha "Al Hilol" tomonidan rasmiy taklif yuborilmagan. Shuningdek, saudiyaliklar Bastonini ro'yxatdan o'tkazish uchun avval xorijlik futbolchilardan biri bilan hayrlashishi kerak bo'ladi.

Avvalroq "Barselona" ham Bastoniga qiziqish bildirilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al-Hilal Al-Hilal
  • Inter Inter
Bugungi yangiliklar