Live
2
O'zbek

"Inter" Spensga muqobil variant sifatida Ridni ko'rib chiqmoqda

Futbol
18 iyul, 12:29
Niderlandiyalik 20 yoshli futbolchiga "Bavariya", "Arsenal" va "Manchester Siti" jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.
"Inter" Spensga muqobil variant sifatida Ridni ko'rib chiqmoqda
Фото: Getty Images

"Feyenoord" himoyachisi Jivayro Rid faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Corriere dello Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Milan klubi "Tottenhem" himoyachisi Jed Spens bo'yicha muzokaralarni yakunlay olmayapti. Agar angliyalik futbolchi bilan kelishuv amalga oshmasa, "Inter" bor e'tiborini Ridga qaratadi.

Niderlandiyalik 20 yoshli futbolchiga "Bavariya", "Arsenal" va "Manchester Siti" jamoalari ham qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Rotterdam klubi Jivayro borasida "Nottinghem Forest"ning 25 million yevro atrofidagi taklifini rad etgan edi.

O'tgan mavsumda Niderlandiya terma jamoasi safida 1 ta o'yin o'tkazgan Rid klub safida 20 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 3 ta ogohlantirish oldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
Bugungi yangiliklar