«Vest Hem» vingeri Krisensio Sammervill yaqin kunlarda «Roma» futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda italiyalik jurnalist Janluka Di Marsio xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, 24 yoshli Niderlandiya milliy jamoasi futbolchisi Rim klubiga o‘tishga rozilik bergan. «Roma» transfer uchun 46 million yevro taklif qilgan va «Vest Hem» ushbu summaga futbolchini qo‘yib yuborishi mumkin.
Sammervill 2025/26 yilgi mavsumda Angliya Premer-ligasida 31 ta bahsda maydonga tushib, 5 ta gol va 4 ta assist qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2026da esa niderlandiyalik vinger 4 ta bahsda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.