"Roma" klubi himoyachi Janluka Manchini bilan tuzilgan shartnoma 2029 yilgacha uzaytirilganini rasmiy e'lon qildi.
Italiyalik 30 yoshli futbolchi 2019 yilda Rim klubi safiga qo'shilgan. Shundan buyon u barcha turnirlar doirasida 319 ta uchrashuvda ishtirok etib, 23 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, "Roma" A Seriyada 73 ochko jamg‘arib, musobaqani 3-o‘rinda tugatdi va 2026/2027 yilgi mavsum uchun Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, rimliklar Italiya kubogida 1/8 finalgacha yetib borishdi. Ushbu bosqichda jamoa "Torino"ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, turnir bilan xayrlashgan edi.