«Manchester Yunayted» «Roma» yarimhimoyachisi Manu Kone transfer qilish uchun Italiya klubiga 60 million yevro taklif qilishga tayyor.
Tuttosport nashrining xabar berishicha, «qizil iblislar» «Atalanta» futbolchisi Ederson transferi amalga oshmay qolganidan so'ng endi 25 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olishni asosiy maqsad qilgan.
Avvalroq ommaviy axborot vositalari «Roma» fransiyalik futbolchini 50 million funt sterling (58,5 million yevro) evaziga sotishga tayyor ekani haqida xabar bergandi.
O'tgan mavsumda Kone barcha musobaqalarda jami 37 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning rimliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining qiymati 50 million yevroga teng.
Yarimhimoyachi faoliyati davomida «Tuluza» va «Borussiya M»da ham o'ynagan.
«MYU» Kone uchun «Roma»ga 60 mln yevro taklif qilishga tayyor
Futbol
17 iyul, 04:00
APL klubi fransiyalik yarimhimoyachini o'z safiga qo'shib olishni maqsad qilgan.
Foto: Getty Images