AQSH milliy jamoasi bosh murabbiyi Mauricio Pochettino yaqin kunlarda o'z kelajagi borasida qaror qabul qilishini ma'lum qildi.
"Biz vaziyatni baholayapmiz va keyin nima bo'lishini kuzatyapmiz. AQSH federatsiyasi menga faoliyatimni davom ettirish bo'yicha taklif bilan chiqdi. Kelasi hafta yakuniy qarorni qabul qilamiz", — dedi Pochettino Cadena Cope nashriga bergan intervyusida.
Shu o'rinda mamlakat futbol federatsiyasi ham murabbiy bilan bog'liq vaziyat borasida fikr bildirdi.
"Hozir biz uzoq muddatli rejalarni faol muhokama qilyapmiz va jarayon qanday ketayotganidan mamnunmiz", — deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, AQSH milliy jamoasi jahon chempionatidagi ishtirokini 1/8 finalda Belgiya mag'lub bo'lib, turnirni tark etdi.