«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Fil Fodden «Milan»ga o'tishi mumkin. Bu haqda SportMediaset nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko'ra, «rossoneri» angliyalik 26 yoshli futbolchini ehtimoliy transfer sifatida ko'rib chiqmoqda. Milanliklar uning xizmatlarini qo'lga kiritish uchun avval jamoa yetakchilaridan biri Rafael Leau'ni sotishi kerak bo'lishi aytilmoqda.
Xabarda ta'kidlanishicha, Foddenning nomzodi bir vaqtning o'zida bir nechta klublarga taklif etilgan.
O'tgan mavsumda Fodden barcha turnirlar doirasida 50 ta o'yinda maydonga tushdi, 10 ta gol urdi va 7 ta golli pas berdi.
Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 70 million yevro atrofida baholamoqda.