Live
5
O'zbek

Raul Jeparov «Dinamo» sharafini himoya qiladi

Futbol
18 iyul, 08:30
Jeparov jamoa safida 18-raqamda harakat qiladi.
Raul Jeparov «Dinamo» sharafini himoya qiladi
Фото: Динамо ПФК

Superligada mavsumning ikkinchi qismi arafasida «Dinamo» jamoasi selektsiya jarayonini davom ettirmoqda.

Yozgi transfer oynasida «Dinamo» mamlakatimizning eng iqtidorli yoshalaridan biri Raul Jeparovni o'z safiga qo'shib oldi. 19 yoshli yarimhimoyachi «Bunyodkor» klubidan mavsum yakuniga qadar ijaraga olindi.

Jeparov jamoa safida 18-raqamda harakat qiladi. U «Dinamo»ning Qirg'izistondagi yig'inida qatnashib, murabbiylar shtabida iliq taassurot qoldirgach, tarkibga qo'shib olindi.

«Ishonamizki, Raul ham otasi, o'zbek futboli afsonalaridan biri Server Jeparov singari ulkan yutuqlarga erishadi», - deyiladi klub xabarida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
Bugungi yangiliklar