Live
3
O'zbek

Olmo: «Argentinada yaxshi jamoa bor. Lekin biz kuchimizga va uslubimizga toʻliq ishonamiz»

Futbol
18 iyul, 08:46
Dani Argentinaga qarshi final oldidan fikr bildirdi.
Olmo: «Argentinada yaxshi jamoa bor. Lekin biz kuchimizga va uslubimizga toʻliq ishonamiz»
Фото: Getty Images
19.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya - : - Argentina Argentina

Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Dani Olmo Argentinaga qarshi bo'lajak jahon chempionati finali haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«So'nggi qadam qoldi. Albatta, bu oson bo'lmaydi. Argentinada ajoyib futbolchilardan iborat kuchli jamoa bor. Lekin biz o'z kuchimizga va o'yin uslubimizga to'liq ishonamiz. Sovrinni qo'lga kiritishga qodir ekanimizni yaxshi bilamiz.

Argentinaliklar katta tajribaga ega va hal qiluvchi o'yinlarda maydonga tushish qanday bo'lishini juda yaxshi bilishadi. Shubhasiz, qiziqarli final kutmoqda. Ammo biz finalga to'liq tayyormiz. G'alaba uchun borimizni beramiz», - dedi Olmo o'yin oldi matbuot anjumanida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

40+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar