Marokash Qirollik futbol federatsiyasi (FRMF) rahbariyati yig'ilishida milliy jamoa bosh murabbiyi Muhammad Uabiga to'liq ishonch bildirildi. Bu haqda federatsiyaning rasmiy sayti xabar qildi.
Yig'ilish yakunlariga ko'ra, federatsiya rahbariyati murabbiy o'z oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarayotganini ta'kidlab, unga ishonch saqlanib qolishini ma'lum qildi.
Shuningdek, federatsiya milliy jamoani jamoadagi muhit va natijalarga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan yolg'on axborotlar hamda asossiz mish-mishlardan himoya qilish zarurligini ham alohida qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, Marokash 2030 yildagi jahon chempionati mezbonlaridan biri hisoblanadi.
Uabi 2026 yilning mart oyida milliy jamoa ustoziga aylangan. Uning qo'l ostida afrikaliklar JCH-2026ning chorakfinaliga qadar yetib bordi.