Uzoq yillar Oliy liga bahslarini boshqarib borgan Xushvaqt Muxtorov 66 yoshda Nyu-Yorkda vafot etdi.
Oʻzbekiston hakamlar markazi, Samarqand viloyat futbol assotsiatsiyasi, "Dinamo" futbol klubi marhumning vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga taʼziya bildirdi.
"Dinamo" PFK taniqli sobiq hakam, uzoq yillar Oʻzbekiston chempionati bahslarini bosh hakam sifatida boshqargan, soʻnggi yillarda nazoratchi hakam sifatida faoliyat yuritgan, bir necha yillar davomida Samarqand viloyat futbol maktabida murabbiylik qilib, iqtidorli yoshlarning katta futbolga qadam qoʻyishiga hissa qoʻshgan ustozi Xushvaqt Muxtorovning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardligimizni bildiramiz.
Xushvaqt Muxtorov 2009 va 2010 yilda "Dinamo" jamoasida murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. U 90-yillardan 2008 yilga qadar Oliy liga bahslarini boshqargan. Xushvaqt Sergeevich kuni kecha 66 yoshda AQSHda vafot etdi", — deyiladi klub xabarida.
Eslatib oʻtamiz, Xushvaqt Muxtorov 2008 yil "Nasaf" — "Bunyodkor" (1:1) oʻyinidan keyingi tortishuvlardan soʻng hakamlik faoliyatini yakunlagandi.