Live
7
O'zbek

"Galatasaroy" Ugochukvuni tanishtirdi

Futbol
16 iyul, 15:07
Turkiya chempioni so'nggi mavsumlarni APLda o'tkazgan yarimhimoyachini o'z tarkibiga qo'shib oldi.
"Galatasaroy" Ugochukvuni tanishtirdi
Foto: Galatasaray

"Galatasaroy" Lesli Ugochukvuni o'z safiga qo'shib oldi.

Turkiya klubi "Byornli"ning 22 yoshli yarimhimoyachisini 3 million yevroga ijaraga oldi. Shuningdek, istanbulliklarda fransiyalik futbolchini 22,5 million yevroga sotib olish huquqi ham bor.

Ugochukvu o'tgan mavsumda Angliya Premyer-ligasida 35 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urganu, yana 1 ta golga assistentlik qilgan.

Yarimhimoyachi faoliyati davomida "Chelsi", "Sauthempton" va "Renn" klublarida ham o'ynagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Galatasaray Galatasaray
  • Turkiya Superligasi Turkiya Superligasi
Bugungi yangiliklar