Fransiya milliy jamoasi vingeri Usmon Dembele Ispaniyaga qarshi oʻyinning tanaffusida kiyinish xonasida soʻzga chiqqan.
«Uchranglilar» JCH-2026 yarim finalida ispanlarga 0:2 hisobida magʻlub boʻlishdi.
L'Équipe nashrining yozishicha, Dembele oʻyin borishini oʻzgartirishga urinib, birinchi boʻlimdan keyin — fransuzlar 0:1 hisobida ortda qolayotgan paytda jamoadoshlariga murojaat qilgan.
Ma'lum qilinishicha, «PSJ» futbolchisi Fransiyaning pressingiga e'tibor qaratib, bu harakatlar yetarlicha muvofiqlashmaganini ta'kidlagan.
Biroq uning gaplari ayrim jamoadoshlarining noroziligiga sabab boʻlgan. Ular Usmon faqat oʻz oʻyini oʻxshamay qolgandagina hissiyotga berilib, faoliyat koʻrsatadi, boshqa vaziyatlarda esa bunday munosabat bildirmaydi deb hisoblashgan.
Dembele Ispaniya bilan oʻyin tanaffusida jamoadoshlarini pressing borasida tanqid qilgan
Futbol
16 iyul, 14:30
Usmonning murojaati fransiyalik futbolchilarning noroziligiga sabab boʻlgan.
Foto: Getty Images
14.07.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Fransiya
0
:
2
Ispaniya
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi