Live
14
O'zbek

Argentina va Ispaniya jahon chempionati pley-off bosqichida ilk bor to'qnash keladi

Futbol
16 iyul, 02:40
2026 yilgi mundial finalida ikki jamoa o'zaro kuch sinashadi.
Argentina va Ispaniya jahon chempionati pley-off bosqichida ilk bor to'qnash keladi
Foto: Getty Images
19.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya - : - Argentina Argentina

2026 yilgi jahon chempionati finalida Argentina va Ispaniya milliy jamoalari o'zaro to'qnash keladi.

Bu ikki jamoaning jahon chempionati pley-off bosqichidagi ilk o'zaro to'qnashuvi bo'ladi. Umuman olganda, milliy jamoalar ishtirokidagi rasmiy turnirlarda bu ularning ikkinchi uchrashuvidir. Ilk bahs 1966 yilgi jahon chempionati guruh bosqichida o'tkazilgan va unda Argentina 2:1 hisobida g'alaba qozongan.

Bundan tashqari, ikki jamoa o'zaro 13 ta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan. Ularda Ispaniya 6 marta, Argentina 5 marta g'alaba qozongan, yana ikki o'yin durang bilan yakunlangan.

Qayd etish lozim, shu yil mart oyida Argentina va Ispaniya Amerika kubogi hamda Yevropa chempionati g'oliblari o'rtasida o'tkaziladigan Finalissima bahsida o'zaro to'qnashishi kerak edi. Biroq uchrashuv keyinchalik bekor qilindi.

Ma'lumot o'rnida, argentinaliklar yarimfinalda Angliyani 2:1 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, ispaniyaliklar Fransiyani 2:0 hisobida yengdi.

2026 yilgi jahon chempionati finali Nyu-York shahrida bo'lib o'tadi. O'yin 19 iyuldan 20 iyulga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

75+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar