Live
17
O'zbek

«So'g'diyona» serbiyalik vinger Petar Michin bilan shartnoma imzoladi

Futbol
16 iyul, 11:13
Tomonlar 2027 yil oxirigacha hamkorlikni davom ettiradi.
«So'g'diyona» serbiyalik vinger Petar Michin bilan shartnoma imzoladi
Foto: Getty Images
16.07.2026 FT O‘zbekiston Superligasi So'g'diyona So'g'diyona 2 : 0 Xorazm Xorazm

«So'g'diyona» yozgi transfer oynasi doirasida serbiyalik futbolchi Petar Michin bilan shartnoma imzolaganini rasman e'lon qildi.

27 yoshli vinger bilan tuzilgan bitim 2027 yil 31 dekabriga qadar amal qiladi.

Petar Michin faoliyati davomida Serbiyaning «Voyvodina», «Chukarichki», «Napredak» va «Radnichki Nish» klublari safida to'p surgan. Shuningdek, u Italiyaning «Udineze» tizimida faoliyat olib borgan hamda «Kyevo», Slovakiyaning «Sered» klublarida ijara asosida o'ynagan.

Serbiyalik futbolchi 2023 yildan buyon Ukrainaning «Zorya» Lugansk klubi sharafini himoya qilib kelayotgandi. Michin, shuningdek, Serbiyaning U-19 va U-21 jamoalari safida ham maydonga tushgan.

Asosan chap qanot vingeri sifatida harakat qiladigan Michin zaruratga qarab o'ng qanot va hujum ortida ham o'ynay oladi.

Eslatib o'tamiz, «So'g'diyona» yozgi transfer oynasida tarkibini faol kuchaytirmoqda. Avvalroq jamoa rossiyalik markaziy himoyachi Igor Golban bilan ham shartnoma imzolagan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • So'g'diyona So'g'diyona
  • Xorazm Xorazm
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar