Live
14
O'zbek

"So'g'diyona" Igor Golbanni o'z safiga qo'shib oldi

Futbol
16 iyul, 10:10
Jizzax klubi tajribali rossiyalik himoyachi bilan shartnoma imzoladi.
"So'g'diyona" Igor Golbanni o'z safiga qo'shib oldi
Foto: PFL
16.07.2026 FT O‘zbekiston Superligasi So'g'diyona So'g'diyona 2 : 0 Xorazm Xorazm

"So'g'diyona" yozgi transfer oynasi doirasida markaziy himoyachi Igor Golban bilan shartnoma imzolaganini rasman e'lon qildi.

Tajribali futbolchi faoliyati davomida Rossiya va boshqa mamlakatlarning qator klublarida, shuningdek O'zbekistonning "Nasaf" va "Navbahor" jamoalari safida to'p surgan. U birinchi davrani "Andijon" safida o'tkazgan edi. Uning tajribasi Jizzax klubi himoya chizig'ini yanada mustahkamlashi kutilmoqda.

Tomonlar o'rtasidagi shartnoma shu yilning 15 dekabriga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, "So'g'diyona" O'zbekiston Superligasi 12-turida bugun, 16 iyul kuni o'z maydonida "Xorazm"ni qabul qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • So'g'diyona So'g'diyona
  • Xorazm Xorazm
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar