Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel o'z lavozimida kamida Yevro-2028 musobaqasigacha qoladi.
Bu haqida ESPN xabar berdi.
Manbaga ko'ra, nemis mutaxassisi inglizlarning JCH-2026 yarimfinalida Argentinaga 1:2 hisobida yutqazganiga qaramay, Angliya futbol assotsiatsiyasining to'liq ishonchini saqlab qolgan.
Ma'lumot uchun, Tuxel Angliya milliy jamoasini 2025 yil yanvaridan buyon boshqarib kelmoqda va aynan Argentinaga qarshi bahsda ilk rasmiy mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
2028 yildagi Yevropa chempionati Buyuk Britaniya va Irlandiyada bo'lib o'tadi.
Tuxel Angliya bosh murabbiyi lavozimida qoladi — ESPN
Futbol
16 iyul, 14:10
Germaniyalik mutaxassis JCH yarimfinalidagi mag'lubiyatdan keyin ham Angliya FAning to'liq ishonchiga ega.
Foto: Getty Images
15.07.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Angliya
1
:
2
Argentina
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi