Angliya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Maykl Ouen JCH-2026 yarimfinalida Argentinaga 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan hamyurtlarining o'yiniga munosabat bildirdi.
"Ispaniyaning 1:0 hisobida oldinda borayotganida (Fransiyaga qarshi yarimfinalda) qanday o'ynaganiga qarang. Jasorat. Qo'rqmaslik. Endi esa Angliyaning 1:0 hisobidagi o'yiniga qarang. Farq nimada?
Biz Argentinadan kuchlimiz. Bunga zarracha ham shubham yo'q. Ammo mag'lubiyatga loyiq edik. Hisob hatto 1:4 ham bo'lishi mumkin edi.
1:0 hisobida yana bir himoyachini maydonga tushirish. Bu qanday signal beradi?
Men bu haqda Meksikaga qarshi o'yindan keyin ham yozgandim. Biz bir narsani tushunmagunimizcha natija doim shunday bo'ladi: haqiqiy jasorat va qo'rqmaslik —bosim ostida ham to'pni nazorat qilish, uni shunchaki oldinga tepib yuborish emas.
Bizda jonkuyar futbolchilar bor. Ular o'zlari bilan faxrlanishlari mumkin. Ular muntazam ravishda yirik musobaqalarning hal qiluvchi bosqichlariga yetib kelishyapti.
Ishonamanki, agar bizda taktik jihatdan yana biroz ko'proq mahorat bo'lganida, "Uembli"dagi Italiyaga qarshi o'yinda Yevropa chempioni bo'lardik va hozir ham jahon chempionligiga bir qadam qolgan bo'lardik", — deb yozdi Ouen.
Ouen: "Ispaniya va Angliyaning 1:0 hisobi qayd etilayotgandagi o'yiniga qarang. Argentinadan kuchlimiz, ammo haqli mag'lubiyat"
Futbol
16 iyul, 15:25
Inglizlar sobiq hujumchisi jamoaning JCH yarimfinalidagi mag'lubiyati haqida gapirdi.
Foto: Getty Images
15.07.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Angliya
1
:
2
Argentina