Ispaniya milliy jamoasining sobiq darvozaboni Iker Kasilyas Argentina to'rtinchi marta jahon chempioni bo'la olmasligini aytdi.
Ispaniyaliklar 19 iyul kuni JCH-2026 finalida amaldagi chempion Argentinaga qarshi maydonga tushadi.
«Argentina, sizlarda to'rtinchi yulduz bo'lmaydi! Biz ikkinchi yulduz uchun ketyapmiz!!!
Olga, Ispaniya!» — deb yozdi Kasilyas o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Argentina Jahon chempionatida 1978, 1986 va 2022 yillarda g'olib chiqqan. Ispaniya esa 2010 yildagi mundialda oltin medallarni qo'lga kiritgan.
Kasilyas: "Argentina, sizlarda 4-yulduz bo'lmaydi!"
Futbol
16 iyul, 16:10
Ispaniya sobiq posboni JCH-2026 finalida hamyurtlari g'alaba qozonishini aytdi.
Foto: Getty Images
19.07.2026, 15:00
Jahon chempionati (JCH-2026)
Ispaniya
-
:
-
Argentina