Live
23
O'zbek

Messi Jahon chempionatlarida har o‘yinda o‘rtacha bittadan gol urilishda ishtirok etmoqda

Futbol
16 iyul, 05:00
Argentina sardori mundial tarixidagi rekordlarini yanada mustahkamladi.
Messi Jahon chempionatlarida har o‘yinda o‘rtacha bittadan gol urilishda ishtirok etmoqda
Foto: Getty Images
14.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya 0 : 2 Ispaniya Ispaniya

Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCH-2026 yarimfinalida Angliyaga qarshi bahsda (2:1) ikkita golli uzatmani amalga oshirib, Jahon chempionatlaridagi «gol+assist» tizimi bo‘yicha 32 va 33-ochkolarini qo‘lga kiritdi.

39 yoshli futbolchi ushbu mundialda hozirgacha 7 ta o‘yinda 8 ta gol va 4 ta assist qayd etgan.

Umuman olganda, Messi Jahon chempionatlarida 33 ta bahs o‘tkazib, 21 ta gol va 12 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Shu tariqa, u mundiallar tarixida har bir o‘yinga o‘rtacha bitta samarali harakat (33 ta o‘yinda 33 ta gol+assist) ko‘rsatkichiga erishdi. Ushbu natijalarning barchasi Jahon chempionatlari rekordlari hisoblanadi.

Taqqoslash uchun, besh karra «Oltin to‘p» sohibi Krishtianu Ronaldu Jahon chempionatlarida 27 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol va 2 ta assist qayd etgan. Portugaliyalik hujumchi JCH-2026da 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi boshchiligidagi Argentina milliy jamoasi JCH-2026 finalida Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Bu bahs argentinalik futbolchining mundialdagi rekordlarini yanada yaxshilash imkoniyatini taqdim etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

25+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar