Live
17
O'zbek

Goal talqiniga ko'ra Keyn «Oltin to'p» uchun asosiy favorit, Messi esa ikkinchi o'ringa ko'tarildi

Futbol
16 iyul, 12:00
Nashr 2026 yilgi mukofot uchun da'vogarlar reytingini yangiladi.
Goal talqiniga ko'ra Keyn «Oltin to'p» uchun asosiy favorit, Messi esa ikkinchi o'ringa ko'tarildi
Foto: Getty Images

Goal nashri 2026 yilgi «Oltin to'p» mukofoti uchun asosiy da'vogarlar reytingini yangiladi.

Yangilangan ro'yxatda «Bavariya» va Angliya milliy jamoasi hujumchisi Harri Keyn peshqadamlikni saqlab qoldi. JCH-2026 yarimfinalidagi muvaffaqiyatli o'yinidan so'ng «Inter Mayami» va Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messi ikkinchi o'ringa ko'tarildi. Kuchli uchlikni esa «Barselona» va Ispaniya milliy jamoasi vingeri Lamin Yamal yakunlab turibdi.

Goal talqiniga ko'ra «Oltin to'p»-2026 uchun TOP-20 da'vogar:

  1. Harri Keyn («Bavariya», Angliya)
  2. Lionel Messi («Inter Mayami», Argentina)
  3. Lamin Yamal («Barselona», Ispaniya)
  4. Maykl Olise («Bavariya», Fransiya)
  5. Kilian Mbappe («Real», Fransiya)
  6. Usmon Dembele («PSJ», Fransiya)
  7. Xvicha Kvaratsxeliya («PSJ», Gruziya)
  8. Erling Holand («Manchester Siti», Norvegiya)
  9. Luis Dias («Bavariya», Kolumbiya)
  10. Vitinya («PSJ», Portugaliya)
  11. Mikel Oyarzabal («Real Sosyedad», Ispaniya)
  12. Lautaro Martines («Inter», Argentina)
  13. Deklan Rays («Arsenal», Angliya)
  14. Vinisius Junior («Real», Braziliya)
  15. Rodri («Manchester Siti», Ispaniya)
  16. Ashraf Hakimi («PSJ», Marokash)
  17. Gabriel Magalyaes («Arsenal», Braziliya)
  18. Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted», Portugaliya)
  19. David Raya («Arsenal», Ispaniya)
  20. Jud Bellinghem («Real», Angliya)

Eslatib o'tamiz, «Oltin to'p» sohibi France Football tomonidan yil yakunida e'lon qilinadi. JCH-2026 finali natijasi ushbu sovrin uchun kurashga sezilarli ta'sir ko'rsatishi kutilmoqda.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

40+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar