Bugun
13
O'zbek

JCH-2026. Titanlar jangida Ispaniya Fransiyani mag'lub etib, ilk finalchiga aylandi

Futbol
14 iyul, 16:58
Desham jamoasi qatorasiga uchinchi bor JCH finaliga chiqish imkoniyatini boy berdi.
JCH-2026. Titanlar jangida Ispaniya Fransiyani mag'lub etib, ilk finalchiga aylandi
Фото: Getty Images
14.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya 0 : 2 Ispaniya Ispaniya

Jahon chempionati yarimfinalining dastlabki bellashuvida Fransiya va Ispaniya o'zaro bellashdi. Unda «qizil furiya» 2:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdi.

Dastlab 22-daqiqada Oyarsabal penaltidan hisobni ochdi. Ikkinchi bo'limning 58-daqiqasida esa Porro ikkinchi golni urishga muvaffaq bo'ldi.

Shu tariqa, Ispaniya finalning ilk ishtirokchisiga aylandi. Ular Argentina va Angliya bellashuvi g'olibiga qarshi g'oliblik uchun 19 iyun kuni maydonga chiqadi.

JCH-2026. Yarimfinal
Fransiya – Ispaniya 0:2
Gollar:
Oyarsabal 22 penalti, Porro 58
Fransiya –
Menyang, Din (Teo Ernandez, 72), Saliba (Lakrua, 30), Upamekano, Kunde, Rabiot (Kone, 46), Chuameni, Olise (Sherki, 72), Barkolya (Due, 57), Dembele, Mbappe.
Ispaniya – Simone, Kukurelya, Kubarsi, Laport, Porro (Llorente, 84), Rodri, Ruiz (Pedri, 78), Olmo (Merino, 78), Baena (Uilyams 84), Oyarsabal (Torres, 74), Yamal.
Ogohlantirishlar: Rabiot 9, Mbappe 86 – Kukurelya 31

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

375+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar