Live
5
O'zbek

Nevill Bellinghem haqida: «Angliyaning asosiy yulduzi, jahonning eng yaxshi yarimhimoyachisi»

Futbol
14 iyul, 12:35
Angliya milliy jamoasi va «Manchester Yunayted» klubi sobiq himoyachisi Judning mundialdagi ishtirokiga baho berdi.
Nevill Bellinghem haqida: «Angliyaning asosiy yulduzi, jahonning eng yaxshi yarimhimoyachisi»
Foto: Getty Images
15.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Angliya Angliya - : - Argentina Argentina

Angliya milliy jamoasi va «Manchester Yunayted» klubi sobiq himoyachisi inglizlarni yarimfinalga olib chiqqan 2 gol muallifi Jud Bellinghemning mundialdagi ishtirokiga baho berdi.

«Qizlarim 16 va 17 yoshda, ular futbolni juda ham yaxshi ko‘radi va Bellinghemning o‘yinidan hayratda. Ular uchun Jud chinakam qahramon. Hozir Angliyadagi har bir bolakay jahon chempionatini tomosha qilmoqda va Jud Bellinghem bo‘lishni orzu qilmoqda.

U shunchaki fenomenal musobaqa o‘tkazmoqda. U dunyo futboli cho‘qqisiga chiqa oldi. Biz sayyoramizning eng yaxshi yarimhimoyachisi o‘yiniga guvoh bo‘lyapmiz. Bu yerga gap faqat uning gollarida emas. U maydonda qilayotgan boshqa barcha ishlar, uning ko‘lami Bellinghemni mukammal o‘yinchiga aylantiradi. U Angliya milliy jamoasining asosiy yulduzi. Va bu vaziyatni qanchalik o‘zgartirishini tushunish zarur. U ajoyib jahon chempionati o‘tkazmoqda: 6 ta gol, ham hujumda, ham himoyada ishonchli o‘yin. Deyarli bir o‘zi jamoani yarimfinalgacha yetaklab bordi – albatta, Harri Keynning katta yordamini ham unutmaslik zarur», — deya Nevill so‘zlaridan iqtibos keltirdi Daily Mail.

Eslatib o‘tamiz, AQSH, Kanada va Meksikada davom etayotgan jahon chempionati-2026 19-iyulda yakunlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar