Kataloniyaning «Barselona» klubi futbolchisi Herard Martin jamoadan polshalik forvard Robert Levandovskining ketgani haqida fikrlarini bildirib o‘tdi. Hujumchi faoliyatini MLSda davom ettiradigan bo‘ldi.
«Levandovskining ketishi – og‘ir zarba. U juda tajribali futbolchi. Robert jamoaga kelganida jamoa og‘ir kunlarni boshdan kechirayotgan edi. Bu yerda o‘tkazgan davrida Levadovski klubga juda ko‘p narsa bera oldi. Uni sog‘inaman», - deya himoyachi so‘zlaridan iqtibos keltirdi Mundo Deportivo.
Avvalroq polshalik goleador erkin agent sifatida «Chikago Fayr» safiga borib qo‘shilishi ma’lum bo‘lgandi.
La Liga o‘tgan mavsumida 37 yoshli Robert 31 o‘yinda 14 ta gol urib, 2 ta golli uzatma yetkazib berdi.