Live
1
O'zbek

«Fiorentina» «Real» himoyachisi Valdepenyas transferi bo'yicha kelishuvga erishdi

Futbol
14 iyul, 11:00
Madrid klubi futbolchining keyingi transferidan ulush saqlab qoladi.
«Fiorentina» «Real» himoyachisi Valdepenyas transferi bo'yicha kelishuvga erishdi
Foto: Getty Images

«Fiorentina» Madridning «Real» klubi himoyachisi Viktor Valdepenyas transferi bo'yicha og'zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, transfer summasi 8 million yevroni tashkil etadi. 19 yoshli futbolchi bilan 2031 yil iyunigacha amal qiladigan shartnoma imzolanadi.

Shuningdek, «Real» futbolchining kelajakdagi transferidan tushadigan mablag'ning 50 foizini olish huquqini saqlab qoladi. Hozirda klublar bitimni yakunlash uchun zarur hujjatlar almashishni boshlagan.

2025/26 yilgi mavsumda Valdepenyas «Real»ning asosiy jamoasi safida 1 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Yoshlar va akademiya jamoalari safida esa 36 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol, 1 ta assist qayd etdi hamda 8 ta sariq kartochka oldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Fiorentina Fiorentina
Bugungi yangiliklar