Live
1
O'zbek

Matteus: «Mbappe aynan Desham davrida Fransiya yetakchisiga aylandi»

Futbol
14 iyul, 10:20
Germaniyalik sobiq futbolchi Lotar Matteus fransiyalik murabbiyning ishiga yuqori baho berdi.
Matteus: «Mbappe aynan Desham davrida Fransiya yetakchisiga aylandi»
Foto: Getty Images
14.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya - : - Ispaniya Ispaniya

Germaniya milliy jamoasi sobiq sardori Lotar Matteus Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Didiye Desham hujumchi Kilian Mbappega chinakamiga jamoaning yetakchisi bo‘lishi uchun katta yordam berganini ta’kidladi.

«Fransiya milliy jamoasining super yulduzi Kilian Mbappe misolida ko‘rish mumkinki, murabbiy futbolchiga juda katta ta’sir o‘tkazishi mumkin. Aynan Desham davrida Mbappe yetakchiga aylandi. U jamoani ortidan ergashtira oladi, maydonda ham, uning tashqarisida ham barchasini boshqarib turadi. Shuningdek, u himoyaviy harakatlarda ham faol, qo‘shimchasiga yaxshi intervyular bermoqda», - dedi Matteus Sky Sportga intervyusida.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, forvard «Real»ga o‘tgach, to‘g‘ri xulosalar chiqargan.

«Mbappe ulg‘aydi. Katta ehtimol, u Madridda o‘zini Parijda qisman bo‘lgani kabi, primadonna singari tuta olmasligini tushunib yetgandir».

Shu bilan birga Matteus Deshamning Fransiya milliy jamoasi hujum uchligi bilan ishini ta’kidladi. Tajribali mutaxassis Mbappe, Usmon Dembele va Maykl Olise triosini birlashtira oldi.

«Mbappe, Dembele va Olise - bu mahorat masalasi emas, bu ko‘proq muloqot masalasidir. Desham barchasini nazorat qila olyapti va futbolchilarga ularning rolini to‘g‘ri tushuntirib bermoqda».

Eslatib o‘tamiz, bugun, 14 iyul Toshkent vaqti bilan tungi 23:59da JCH-2026 yarimfinalida Fransiya - Ispaniya o‘yini start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar